Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash… — Sog‘liqni saqlash vazirligi — TG.ME

🔴 🟦🟦🟦

🏫 Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari o‘zlari tahsil olgan maktablarda bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazdi.


✅ Xususan, vazir Eldor Adilov O‘rta Chirchiq tumanidagi 16-maktabda, vazirning birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov Shayxontohur tumanidagi 39-maktabda, vazir o‘rinbosarlari — Adham Xudaykulov Qarshi shahridagi 23-maktabda, Olim Omonov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktabda, Ilxomjon Umrzaqov Buloqboshi tumanidagi 25-maktabda hamda Sherzod Muxamedov Toshkent tumanidagi 14-maktabda o‘tkazilgan bayram tadbirlarida ishtirok etdi.

💬 Unda mehmonlar o‘zlarining o‘quvchilik yillari, ustozlardan olgan saboqlari va ilm olish mas'uliyati haqida o‘gil-qizlarga so‘zlab berdi. Shuningdek, yoshlarni ulkan maqsadlar sari dadil intilishga va kelajakda Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorladi.

📚 Tadbirda ta’lim muassasalariga o‘quv jihozlari va kitoblar topshirildi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site
🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
👍8🔥4
September 2, 2026 5.1K 18