Aziz yurtdoshlar! ❗️Fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlari! 📱… — Sog‘liqni saqlash vazirligi — TG.ME

🔴 🟦🟦🟦

❗️Aziz yurtdoshlar!

❗️Fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlari!
 
📱 Sizlarni, avvalo, eng ulug‘ va eng aziz bayram — mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

 
🟢 Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar markazidan inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar joy olgan. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari qo‘ygan talablar asosida sog‘liqni saqlash sohasini yuqori samara bilan ishlaydigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish choralari ko‘rilmoqda.

➡️ Xususan, birlamchi bo‘g‘inda tibbiy-sanitariya yordamining xalqaro tajribaga asoslangan yangi modeli joriy etilyapti. Tez tibbiy yordam xizmatida chaqiriqlarni elektron boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
 
📊 Davlat tibbiyot muassasalariga robot texnologiyalari kirib keldi, sun’iy intellekt asosidagi tekshiruv va muolajalar soni 50 tadan oshdi.
 

✅ Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy tizimi shakllantirildi, onkologik va gematologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar hayotga tatbiq etildi.

💻 Sohani raqamlashtirish ham yangi bosqichga ko‘tarildi. DMED yagona elektron axborot tizimi orqali 38 milliondan ziyod aholining tibbiy ma’lumotlari elektron shaklda jamlandi. Shu yil oxirigacha davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini barcha hududlarda to‘liq yo‘lga qo‘yish orqali aholini kafolatlangan tibbiy yordam bilan qamrab olishni maqsad qilganmiz.

 
📌 Bundan tashqari, onalar va bolalar o‘limi darajasi keskin kamaygani, tibbiy ta’lim qamrovi va sifati oshayotgani, xususiy tibbiyot va farmatsevtika sanoati jadal rivojlanayotgani ham soha islohotlari qanchalik samara berayotganini ko‘rsatib turibdi.
 
📊 Eng muhimi, izchil sa’y-harakatlarimiz natijasida so‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshdan 75,4 yoshga yetdi. Albatta, bu yutuqlar zamirida sizlarning bilim va mahoratingiz, mashaqqatli mehnatingiz, kasbga sadoqat va matonatingiz mujassam.

💫 O‘z navbatida, Prezidenimiz tashabbusi bilan yurtimiz tarixida birinchi marta tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olishi, qolaversa, farzandlarini oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishi uchun subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilgani barchamizni quvontiradi.

❗️Qadrli tibbiyot xodimlari!
 
🔺Oldimizda yanada ulkan va mas'uliyatli vazifalar turibdi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi modelini joriy qilish ko‘lamini hamda aholi uchun kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini kengaytirish, sohani raqamlashtirish orqali boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish kelgusida diqqat markazimizdagi muhim masalalardan bo‘ladi.

➡️ Shu bilan birga, tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini joriy etish, Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqilishini jadallashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari samaradorligini oshirish, tibbiy ta’lim sifati hamda raqobatbardoshligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratamiz.

💬 Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimiz salomatligini saqlash va mustahkamlash, tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish biz uchun bundan keyin ham asosiy o‘zgarmas maqsadimiz bo‘lib qoladi. Ishonchim komilki, siz, aziz soha xodimlari o‘z fidoyiligingiz, bilim va tajribangiz bilan Yangi O‘zbekiston tibbiyotini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shasiz.
 
💐 Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Egningizdagi oq libosingizga aslo gard yuqmasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
 
Eldor ADILOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.


🌐 Web-site
🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
👍18🔥3
September 1, 2026 13.5K 49