SQB yashil energiya bo‘yicha xalqaro I-REC sertifikatiga ega bo‘ldi… — SQB — TG.ME

SQB yashil energiya bo‘yicha xalqaro I-REC sertifikatiga ega bo‘ldi

Bank foydalanayotgan elektr energiyasining qayta tiklanuvchi manbalardan olinganini tasdiqlovchi I-REC (International Renewable Energy Certificate) sertifikati qo‘lga kiritildi.

Ushbu natija SQBning ESG tamoyillarini bank faoliyatiga joriy etish va energiya resurslaridan mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining amaliy ifodasidir.

Natijalar raqamlarda:

🔆 1 758 kVt — bankning hududiy tarmoqlarida o‘rnatilgan quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvati.

⚡️ 29,7% — hududiy tarmoqlar elektr energiyasi iste’molining quyosh energiyasi hisobidan qoplanayotgan ulushi.

🌱 I-REC — qayta tiklanuvchi manbalardan olingan elektr energiyasini xalqaro standartlar asosida tasdiqlovchi sertifikat.


Quyosh energiyasidan foydalanish an’anaviy energiya manbalariga qaramlikni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va bank faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini qisqartirishga yordam beradi.

SQB yashil texnologiyalarni bank infratuzilmasiga bosqichma-bosqich joriy etib, ESG yondashuvlarini aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlab bormoqda.



SQB получил международный сертификат I-REC в сфере зелёной энергетики

Банк получил сертификат I-REC (International Renewable Energy Certificate), подтверждающий происхождение используемой электроэнергии из возобновляемых источников.

Получение сертификата отражает последовательную работу SQB по внедрению принципов ESG в деятельность банка и ответственному использованию энергетических ресурсов.

Результаты в цифрах:

🔆 1 758 кВт — общая мощность солнечных электростанций, установленных в региональной сети банка.

⚡️ 29,7% — доля электроэнергии, потребляемой региональной сетью банка и обеспечиваемой солнечной генерацией.

🌱 I-REC — международный сертификат, подтверждающий происхождение электроэнергии из возобновляемых источников в соответствии с международными стандартами.


Использование солнечной энергии позволяет снижать зависимость от традиционных источников энергии, эффективнее использовать ресурсы и сокращать воздействие деятельности банка на окружающую среду.

SQB поэтапно внедряет зелёные технологии в банковскую инфраструктуру, подкрепляя ESG-подход конкретными результатами и показателями.

📲 Telegram 👥 Facebook 😎 Instagram 🎞 YouTube
👍16❤11🎉1
August 24, 2026 5.7K 2