🚛 Hurmatli transport sohasi vakillari, tadbirkorlar va hamkorlar!
Sizni "Milliy Sanoat Zanjiri – Transport sohasi" ko‘rgazmasiga taklif etamiz!
Mazkur ko‘rgazma transport, logistika, infratuzilma va sanoat sohasidagi yetakchi kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda davlat idoralarini bir maydonda jamlaydi. Bu yerda siz zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish, istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va sohaning eng dolzarb yangiliklaridan xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Transport sohasining bugungi yutuqlari va ertangi istiqbollari aynan shu yerda namoyon etiladi. O‘z biznesingizni rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni kashf etish uchun ushbu muhim tadbirni o'tkazib yubormang!
📅 15–16-iyul
📍 SOF EXPO Samarkand
Sizni ko‘rgazmamiz mehmonlari safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
2July 13, 2026 1.3K 22