Possessive adjectives and possessive pronouns 🥸Ingliz tilida -ning… — Sof-Ilm elementary — TG.ME

Possessive adjectives and possessive pronouns

🥸Ingliz tilida -ning qoʻshimchali olmoshlar (my, your ...) egalik sifatlari va -niki qoʻshimchali olmoshlar (mine, yours ...) egalik olmoshlari sifatida qabul qilingan. Bunga sabab -ning qo'shimchali olmoshlar (my car) otning oldidan uning kimga tegishliligini bildirib keladi, to'liq otning o'rnini almashtira olmaydi. -niki qo'shimchali olmoshlar esa to'liq otning o'rnini almashtirib kela oladi.

📌-ning qoʻshimchali olmoshlar aniqlovchi vazifasida kelib, oʻzlaridan keyin ot talab qiladi.
my - mening
your - sizning, sizlarning
our - bizning
their - ularning
his - uning
her - uning
its - uning

your bicycle - sizning velosipedingiz
my car - mening avtomobilim
their decision - ularning qarori
her haircut - uning soch turmagi

My car is much more expensive than Tom's.
Jane has just had her hair cut.
Their decision to move was made immediately after the floods.

🔴Ingliz tilida inson tana a’zolari va kiyimlar uchun odatda possessive adjective ishlatiladi.
Lucy twisted her ankle.
He put on his jacket and his hat and left.
❗️Lekin ingliz tilida hit, punch, slap, bite, touch, pat, sting kabi fe’llar bilan tana a’zolariga biror narsa sodir bo’lsa (odatda og’riqli), ko’makchili birikmalarda aniq artikl ishlatiladi.
She patted him on the shoulder.
He has got a pain in the chest.

💡 -niki qoʻshimchali olmoshlar oʻzlaridan keyin ot talab qilmaydi va ma'lum boʻlgan otni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi.
mine - meniki
yours - sizniki
ours - bizniki
theirs - ularniki
his - uniki
hers - uniki

This is your towel. Mine is over there. (Bu sizning sochig'ingiz. Meniki ana u yerda)
Their flat and our flat may seem to be the same but theirs is different from ours. (Ularning kvartirasi bizning kvartira bilan bir xil ko'rinishi mumkin, lekin ularniki biznikidan farq qiladi)

❓ Egalik sifatlari artikl bilan qoʻllanilmaydi:
Her eldest son is a doctor.

📎own - oʻz soʻzi egalik sifatlari bilan qoʻllanilib, uni qoʻllashning ikki yoʻli bor.
I have my own room. (Mening oʻz xonam bor)
I have a room of my own. (Mening oʻz xonam bor)
Frank has started his own business. (Frenk oʻzining biznesini boshladi)

📌 On my own/on his own/on her own etc. - yolg'iz, bir o'zi degan ma'noda qoʻllaniladigan birikma hisoblanadi. Bu birikma ish-harakat bajaruvchisi yoki bajaruvchilari tomonidan yolg'iz (bir oʻz(lar)i tomonidan) bajarilishini bildiradi.
I went to the cinema on my own yesterday. (Men kecha kinoga bir o'zim bordim)
I enjoy being on my own. (Men yolg'iz boʻlishdan zavqlanaman)
A lady was sitting in the corner on her own. (Bir ayol burchakda yo’lg’iz oʻtirgan edi)

⚠️ Egalik olmoshlari ingliz tilida yana boshqa holatlarda ham qoʻllaniladi.
Masalan: He is your friend gapini of qatnashgan birikma bilan
He is a friend of yours sifatida berish mumkin.
Demak, bu qurilmada of soʻzidan keyin egalik olmoshlari qatnashishi lozim.
Yesterday I met a relative of yours/hers/ours/theirs.

💥Agar yuqoridagi holatda egalik olmoshi emas, boshqa otlar (odatda atoqli ot) keladigan boʻlsa, ular bilan apostrof qoʻllanishi lozim.
🔸He is a friend of Tom's.

😣 +998781137447

🤩 Telegram | 🤩 Facebook | ❤️ Instagram | 😊 Sayt
Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
⚡4💯2🆒2
October 11, 2024 130