Предназначение - Burch 8oy avval Strategik boshqaruv bo’yicha kurs… — Eminov Ibrohimjon | biznes blog — TG.ME

Предназначение - Burch

8oy avval Strategik boshqaruv bo’yicha kurs o’qishni boshlagandim. Kurs shundayki 15 daqiqa teoriya keyin praktika mashqi. Agar mashq tog’ri bajarilmasa keyingi dars ochilmaydi.

Shunda manga bir vazifa tushdi 6oy bajara olmadim.

Kompanyangizni burchi nima yozing dedi. O’ylab yozgan barcha narsalarim xato chiqdi.

Kompanya burchi shunday narsaki osha ishni qancha ko’p qilsa kompanya shuncha ko’p pul topishi kerak. Qancha ko’p qilsa shuncha mijoz ko’payishi kerak. Qancha ko’p qilsa shuncha mijozlar rozi bo’lishi kerak.

Misol uchun soatning burchi vaqtni tog’ri ko’rsatish bo’lsa qimmat soatning burchi egasini statusini bildirish. Lekin shu qimmat soatni do’konida sotadigan riteylchi kompanyaning burchi nima?

Juda ko’p o’yladim. Bilimlilar bilan fikr almashdim. Kalit oyog’im ostida ekan-u. Har gal ko’rmay o’taverdim.

Izlasang topasan degani rost ekan. 605 Kreativ Agentligi asoschisi Otabek aka bir suhbatda shunday dedilar:

Har xil narsalarni o’yladim lekin hamma gap sizlarni nomingizda mujassamku.

Qarang Smartlife o’zi gapirib turibdiku nima qilish kerakligini mijozlarga biz nima berishimiz kerakligini degan ma’noda tushuntira ketdilar.

Rostdan ham SMARTLIFE g’oyasi paydo bo’lgan paytdan beri Smart hayotni targ’ib qiladi. Insonlarni turli muammolariga smart yechimlarni berib keladi.

Buni tushunib yetishim biznesni butunlay qayta ko’rib chiqishni talab qila boshladi.

Dokonga, Marketingga, Mahsulotlarga va Jamoaga boshqa ko’z bilan qaray boshladik.

Mutlaqo yangi SMARTLIFEni insonlar yangicha ko’rinishda qayta tanishlarini istadik va Rebrendingga qo’l urdik.

Nom o’zgarmaydi albatta logotip va brend ko’rinishi o’zgaradi.

Shunday qilib insonlar hayotini
#smartlashtiramiz burchi paydo bo’ldi.
❤12👍4👌2😍1
July 31, 2026 1.4K 8 2