Bu yo’l uzun bo’lgani sabab ishni energiyadan boshlaymiz.
Manga eng yoqmayotgan va o’zgartirishni xohlayotgan narsa ortiqcha ves. 83kg va qorin chiqishi diskomfort keltirib chiqaryapti. Man xohlaganim 75kg muskulli forma.
Mani yangicha fikrlash tarzimda muammoni emas uni keltirib chiqarayotgan manbani yo’q qilish.
Tahlilimga ko’ra semirishim manbaasi kam harakatlik va risklar kamligi.
O’zimni qiynashni yoqtirmaganim sabab harakatni qaysi turlari manga zavq berishini o’ylab chiqdim. Eng yoqadigani Yugurish va ot minish ekan.
Nega yugurishni boshlasam to’xtatib qo’yishimni tahlil qildim. Bir xillikdan zerikish ekan. Har kun yugurganimda o’ylash uchun avvaldan mavzular tayyorlab qo’yish bu muammoni tak tugi bilan hal qiladi. Man yugurish paytida o’zim bilan gaplashish zavq bergani uchun yugurishni yoqtirar ekanman.
Yana bir sabab nimadir yangi narsalarni sinab ko’rish. Hayotimdagi aktivlikni his qilish uchun raqamlar kerak. Yangi Gadgetlar olib yangiliklarni sinab ko’rmoqchiman. Ham ishimga ham o’zimga qiziq bo’ladi shunda.
Yangi obrazimni hayot falsafamni #smartlashamiz deb nomladim keyinroq negaligini tushuntirib beraman
2
1July 19, 2026 1K