Faqat token narxiga emas, tizim ichidagi sikllar (Loops) soniga ham qarang! Arzon model != Arzon narx Koʻpincha modellarni taqqoslashda faqat "1 million token narxi qancha?" degan savolga yopishib olinadi. Biroq, amaliyotda eng arzon model har doim ham sizga eng arzonga tushmasligi mumkin. Sikllar tuzogʻi (The Loop Trap) qanday ishlaydi? Avtonom AI agentlar biror murakkab vazifani (masalan, kod yozish yoki xatoni tuzatish) bajarayotganda, bitta urinishda toʻxtamaydi. Ular natijani test qiladi, xato topsa qaytadan urinadi, ya'ni tsikl (loop) ichida ishlaydi. Keling, real bir matematik holatni koʻramiz: Arzon va kichik model (masalan, GPT-Mini yoki Flash qatlami): Token narxi qogʻozda 10 barobar arzon. Ammo mantiqiy fikrlashi biroz zaifroq boʻlgani uchun, u kod ichidagi bitta murakkab bug’ni tuzatguncha 10 marta qayta-qayta urinadi (10 ta loop). Har safar kontekstni qayta oʻqiydi va oʻz xatolarini tuzatishga urinib, token sarflayveradi. Qimmat va kuchli model (masalan, Claude 4 Sonnet yoki GPT-5): Token narxi qimmat. Lekin yuqori mantiqiy qobiliyati hisobiga masalani chuqur tahlil qiladi va 1 yoki 2 ta urinishda (1-2 ta loop) muammoni aniq hal qiladi. Hisob-kitob (Tokenomics amalda): 10 ta arzon urinish davomida AI agent har safar ulkan kod bazasini (kontekstni) boshidan qayta-qayta oʻqishi natijasida yigʻilgan umumiy xarajat, qimmat modelning 1 ta aniq urinishidan ancha qimmatga tushib ketadi! Ya'ni, qogʻozdagi arzon narx amalda sizni xonavayron qiladi. Buni Smart Routing tizimida qanday toʻgʻrilaymiz? Aqlli model marshrutizatorini (Routing) qurayotganda algoritmni faqat narxga emas, balki "urinishlar limiti va murakkablik" muvozanatiga sozlash kerak: 1. Dynamic Escalation (Bosqichma-bosqich kuchaytirish): AI agent biron vazifani arzon model bilan boshlashi mumkin. Agar arzon model 2 ta sikl (loop) ichida natijaga erisha olmasa, router tizimi vazifani darhol toʻxtatib, uni kuchliroq va qimmatroq modelga "escalate" qilishi (oshirishi) kerak. Bitta arzon modelning 20 marta aylanishiga yoʻl qoʻymang. 2. Vazifani oldindan baholash (Task Complexity Routing): Agar bajarilishi kerak boʻlgan ish algoritmik jihatdan murakkab boʻlsa (masalan, arxitekturaviy refactoring), arzon modellarni umuman aralashtirmang. Birinchi urinishdanoq eng kuchli modelni ishga soling — 1 ta qimmat loop 10 ta arzon loopdan har doim tejamkorroqdir. Xulosa: AI loyihalarda tejamkorlikka erishish uchun faqat provayderlar narxlari jadvalini solishtirishni bas qiling. Tizimingiz qancha loop (tsikl) hosil qilayotganini va har bir siklda kontekst qanchalik shishib ketayotganini oʻlchang.
Faqat token narxiga emas, tizim ichidagi sikllar (Loops) soniga ham… — Shukhratbek.dev — TG.ME
June 7, 2026 144 4 3