XUDO MENI, BOY QILSA..
Xudo meni, boy qilsa..!
Hech manmanlik qilmasdim.
Puli yo'qdeb nochorni,
Hech ustidan kulmasdim.
Xudo meni, boy qilsa..!
Nochorga qo'l cho'zardim.
Sog'lig'i yo'q odamga,
Pul sadaqa qilardim.
Xudo meni, boy qilsa..!
Nima qilishni bilardim.
Onam uchun hajga,
Chipta xarid qilardim.
Xudo meni, boy qilsa..!
Saroy uylar qurardim.
Salondan ob moshina,
Dadamga sovg'a qilardim.
Xudo meni, boy qilsa,
Yaxshi inson bo'lardim.
Osmonlarga uchmasdan,
Oddi bo'lib yurardim.
Xudo meni, boy qilsa..!
Bechora, yetimlarga,
Nodon, nogironlarga,
Mehribonlik qilardim.
Xudo meni, boy qilsa..!
Rossa xursad bo'lardim.
Do'stu-jo'ralar bilan,
Mazza qilib yurardim.
✍ Sayfurov Farrux Shoir
5August 24, 2026 109 3