DADAJONIM DAVRIDA O'ynab kulib yurardim, Davru davron surardim, Mazzaโ€ฆ โ€” Sayfurov Farrux Shoir โœ ๐Ÿ‘‰ "Qo'shiq bob She'rlar"๐Ÿ‘ˆ. โ€” TG.ME

DADAJONIM DAVRIDA

O'ynab kulib yurardim,
Davru davron surardim,
Mazza qilib yurardim,
Dadajonim davrida.

Toyoqlardan toy qilib,
Usti boshim loy qilib,
Yurar edimda, kulib,
Dadajonim davrida.

Olov edim, yonardim,
Kimdir ursa, so'kardim,
Yosh edim bebosh edim,
Dadajonim davrida.

Hammadanam boy edim,
Osmondagi oy edim,
Gijinglagan toy edim,
Dadajonim davrida.

Bugun tashvishu g'amlar,
Ro'zg'orda ko'pdir kamlar.
Ex zo'r-edi u damlar,
Dadajonim davrida.

โœ Sayfurov Farrux Shoir
๐Ÿ‘5
July 26, 2026 253 3