Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlarni o‘zida mujassam etgan «Mustaqillik zafarnomasi» maxsus kitob-albomi tayyorlandi.
Unda Yangi O‘zbekistonning bugungi qiyofasini belgilab berayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari va yurtimiz hayotining turli sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar keng yoritilgan.
«Mustaqillik zafarnomasi» — bu shunchaki kitob emas. Bu — 35 yillik mustaqil taraqqiyotimizning solnomasi, bugungi islohotlarimizning natijasi va Yangi O‘zbekistonning ertangi avlodlarga qoladigan tarixiy manbasi.
Kitob-albom - «Ma’naviyat nashriyoti» tomonidan 30 ming nusxada nashr qilinib, vazirlik va idoralar, tashkilotlar, mahallalar, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar hamda diplomatik vakolatxonalarga bepul tarqatiladi.
Mustaqillik — tariximiz.
Taraqqiyot — bugunimiz.
Zafarlar — kelajagimiz!
Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram






