Mustaqillik35 #Samarqand #Munosabat Jaloliddin Yusubov, О‘zMU… — SAMARQAND TAMADDUNI — TG.ME

#Mustaqillik35
#Samarqand
#Munosabat

Jaloliddin Yusubov,
О‘zMU professori v.b., falsafa fanlari doktori (DSc), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi.


MA’RIFAT ULASHGAN KUN

🔸Samarqanddagi ikki kunlik ma’rifiy safar men uchun oddiy tashrif emas, balki yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini joylarda his qilish, tarix va bugun uyg‘unligini kо‘rish imkoni bо‘ldi.

Tarixiy qadamjolar, zamonaviy diniy-ma’rifiy majmualar, “Qahramonlar qaytadi” musiqali spektakli va respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidagi muhokamalar bir haqiqatni yana bir bor anglatdi: ma’naviyat va ma’rifat jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchiga aylanmoqda.

Ayniqsa, konferensiyada gumanitar fanlarni rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni ilmiy asoslash, ziyolining jamiyatdagi mas’uliyati va mustaqillik g‘oyasini yangi yondashuvlar asosida yosh avlodga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani e’tiborlidir.
Samarqand safari menga yana bir muhim xulosani berdi: islohotlarning asl maqsadi — inson qadrini yuksaltirish, jamiyat ma’naviy hayotini boyitish va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishdir.

Shu yurt farzandi, olim va ziyoli sifatida bu jarayonlarni keng targ‘ib qilish, ma’rifat ulashish va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qо‘shish mas’uliyatini yana bir bor chuqur his qildim.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
Telegram|YouTubeFacebook|Instagram
❤1
August 22, 2026 335