New Order - We All Stand New Order bu qo'shiqda hayotning qanday… — Shady Verse — TG.ME

New Order - We All Stand New Order bu qo'shiqda hayotning qanday qisqa davomiyligi va inevitable haqida kuylaydi. Ikki martadan qaytarilib aytiluvchi har bitta qator g'oyaga ishoralar beradi, biroq uni to'liqligicha tasvirlamaydi. Three miles to go Three miles to go At the end of the road There's a soldier waiting for me 3 milya qoldi. 3 milya holos. Yo'l so'ngida uni askar kutyapti. Do'stmi, dushmanligi aytilmagan, biroq qo'shiqning atmosferasi va ushbu qatorlar kuylanishi jihatidan dushman deb olsak bo'ladi. It's a red sky tonight It's a red sky tonight He's got three miles to go Three miles to go At the end of the road At the end of the road There's blood on shore Alvon osmon ostida askar narrativning peshonasidan darcha ochib, o'zi ham yo'lga tushadi. 3 milyadan so'ng qonli sohilga yetib keladi. Balki narrativ va askar aslida bitta odamdir, har 3 milyada esa o'zini majoziy ma'noda o'ldirib, keyin askar ko'rinishida qayta tirilib davom etayotgandir, va biz guvoh bo'lganimiz siklning bir parchasi holosdir? Life goes on and on in this real life fantasy Forever to be still, breath held tight inside of me Hayot davom etar ushbu fantaziya realligida. Abadiy tobeylik ichra nafas tiqilgan ko'ksimga. Nega narrativ askar qo'lidan o'lim topishi kerak - tushuntirilmagan. Alvon osmon va qonli sohillardan bila oladiganimiz urush ro'y beryapti. Dushmanlar bir-birini o'ldirishyapti, yoki avtokratlar qo'zg'olonchi askarlarni qiryapti. Qanday bo'lsa ham unda 3 milya bor. Yo'l oxiriga yetib borishiga. Qo'shiq nomi ham "we all stand" - shunda barchamiz muqarrar o'lim oldida turar ekanmiz, askar o'lim timsoli Azroilmi? Bo'lishi mumkin, yoki bu o'limlara shaxsning transformatsiyasini ham ifodalab kelgan bo'lishi mumkin. New Order albomlarida bir qancha mavzularga to'xtalib o'tadi, rock va disco larni ajoyib ravishda bog'lab, new wave sound ni yaratishda qatnashishgan. Bu trek 2-albomlaridagi 2-qo'shiq, perfect, skipless album o'ziyam. Eshitib ko'ringlar. #musview @shady_verse

❤2
August 21, 2026 126