Bugun alohida, hayajonli kun... Yana bir o‘quv yili boshlanib… — SEVIMLI AYOLLAR. Muhabbat Abdurasulovna bilan — TG.ME

Bugun alohida, hayajonli kun...

Yana bir o‘quv yili boshlanib, maktablarimiz bolajonlarning quvnoq kulgusiga to‘ldi.

Kim uchundir mitti farzandi hayotidagi ilk katta qadamni qo‘yib, 1-sinfga qadam qo‘ygan bo‘lsa, kimdir uchun bu dargohda so‘nggi — bitiruvchi yilining taraddudi.

Har bir ota-onaning ko‘zida cheksiz quvonch, biroz xavotir va ulkan umidlar bor. Farzandlarimizning qo‘lidan tutib, bilimlarning sirli va keng olamiga kuzatarkanmiz, ularga faqat omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bolajonlarimizning parvozi baland, bilimlari ziyoda bo‘lsin!

Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!
Sizning xonadoningizda ham bugun maktabga qadam qo‘ygan "qahramonlar" bormi? ❤️
❤1
September 2, 2026 72