Yaxshi yangilik, bunday tizim to‘g‘ri ishlashi uchun bir nechta muhim omillar bor.
Birinchidan, kadrlar haqidagi ma'lumotlar uzoq vaqt davomida to‘g‘ri jamlab borilgani va muhimi raqamlashgan bo‘lishi. Ikkinchisi esa saralash uchun yarartilgan SI modeli to‘g‘ri ishlashi. Gap shundaki, SI modellar avvalgi ma'lumotlar asosida o‘qitiladi va bu ma'lumotlarda ketgan xato modelga ham o‘tadi va SI xato xulosa berishni boshlaydi.
Lekin ikkinchi tomondan, agar maqsad aynan halol kadrlarni saralash bo‘lsa, men bunga biroz boshqa tomondan yondoshgan bo‘lar edim.
Oxrigi yillarda ko‘p tizimlar raqamlashdi. Fuqarolar haqidagi aksar ma'lumotlar soliq, IIV, chegara, mehnat, adliya, sog'liqni saqlash, sud, bank, moliya, to'lov tizimlari (uzcard, humo) va hokazo bazalarda batafsil saqlana boshlandi. Hozirda mana shu tizimlarga ulangan holda bugun istalgan inson haqida batafsil ma'lumot olish mumkin. Masalan, daromad va xarajat o‘rtasidagi nomutanosiblik, proksi mulkdorlik (birovning nomidagi uylar, mashinalar), ijtimoiy tarmoq monitoringi orqali turmush tarzi va daromadi o‘rtasidagi farq va hokazo. Ya'ni bu yerda davlat tasarrufidagi bazalardagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda turli ssenariylar qilish, korrupsiyaga moillik indeksini shakllantirish, kadrlar reytingini yaratish mumkin.
Xullas imkoniyatlar juda ham keng. Umid qilaman, bu tizim qandaydir sodda algoritmlar bilan cheklanib qolmaydi.
Mohirdev aynan shunday tizim ishlab chiqish bo‘yicha Prezident Administrasiyasi SI departamentiga o‘z taklifimizni bergan edik. Agar zarracha foydasi tekkan bo‘lsa hursand bo‘lamiz.

97
24
14
8
2July 16, 2026 12.3K 15 32