Sariq Dev: post #2462 — TG.ME

Saytlar va xizmatlarni tobora agentlar uchun moslashtirish davom etmoqda. Cloudlfare ham agentlar uchun vaqtinchalik hosting xizmatini chiqaribdi. Akkaunt ochish, qo'lda sozlash shart emas. Deylik claude code'da sayt yaratib, endi uni cloudflarega joylab ber desangiz, claude o'zi cloduflarega bog'lanib, saytingizni vaqtincha link bilan joylaydi. Link 60 daqiqa amal qiladi, bu vaqt oralig'ida siz bemalol saytga kirib, ishlatib, tahrirlab, yoki mijozga taqdimot qilishingiz mumkin. Agar sayt yoqsa, shu 60 daqiqa ichida Cloudlfarega kirib vaqtinchalik saytni doimiy qilib qo'yishingiz ham mumkin.

Hozir ekranda ko'rib turgan rasm ham aslida vaqtinchalik websahifadan skrinshot.

Xullas sizga ham bu "skill" qiziq bo'lsa claude codega ushbu linkni bering va "o'rganishni" so'rang: https://blog.cloudflare.com/temporary-accounts/

@sariqdev
🔥41👍24❤6🤩1
June 20, 2026 10.4K 12 74