Samarqand shahar 33-umumiy o'rta ta'lim maktab rasmiy sahifa: post #7841 — TG.ME

Bugun 2026-yil 27-avgust kuni Samarqand shahar 33-maktabda yangi 2026/2027-o‘quv yilida navbatdagi pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi.
Pedagogik kengashda yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, pedagog va o‘quvchilarning odob-axloq me’yorlariga amal qilishi, o‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashishi hamda maktab formasiga rioya etishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish davomida 2025/2026-o‘quv yilida o‘zining samarali mehnati, namunali faoliyati bilan ajralib turgan pedagog xodimlar ham e’tirof etilib, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Maktab axborot xizmati
❤1
August 27, 2026 304 1