Samarqand shahar 33-umumiy o'rta ta'lim maktab rasmiy sahifa: post #7830 — TG.ME

🎒 1-SINF O‘QUVCHILARIGA “PREZIDENT SOVG‘ALARI” ORTILGAN KARVON TUMANLARGA YO‘L OLDI

📚 Samarqand viloyatida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Ayni paytda viloyatda 1 278 ta umumta’lim maktabi hamda 56 ta nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda.
🔹 2026–2027-o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasalarining 1-sinfiga 92 ming 923 nafar o‘quvchini qabul qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 90 ming nafarga yaqin bola maktablarning 1-sinfiga qabul qilindi.
🎁 Bugundan boshlab adm.maktab.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan 1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘alari” ortilgan karvon viloyat tuman va shaharlariga yo‘l oldi.
📦 Birinchi sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” to‘plami 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat bo‘lib, unga:
▫️ o‘quv sumkasi;
▫️ 12 ta daftar;
▫️ ruchka;
▫️ 2 ta oddiy qalam;
▫️ rangli qalamlar to‘plami;
▫️ rangli qog‘oz;
▫️ plastilin;
▫️ rasm daftari;
▫️ 2 ta o‘chirg‘ich;
▫️ rangli akvarel bo‘yoqlari;
▫️ yelim;
▫️ qalamdon kiritilgan.
Mazkur sovg‘alar yangi o‘quv yilini ilk bor maktab ostonasidan qarshi olayotgan jajji o‘quvchilarga bayramona kayfiyat ulashishi, ularning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
August 20, 2026 281 3