Bayram kunlari bozorlarda narx-navo barqarorligi nazoratda 🇺🇿… — SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI — TG.ME

Bayram kunlari bozorlarda narx-navo barqarorligi nazoratda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan.

Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hasan Ochilov ishtirokida bozorlardagi yarmarkalar faoliyati, mahsulotlarning mavjudligi hamda bayram kunlarida narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik holatlari o‘rganildi.

Unda aholiga zarur oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda, hamyonbop narxlarda taklif etilishi, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga bayram kunlari davomida bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar zaxirasi va aholi ehtiyojini muntazam nazorat qilib borish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🌍 Web-sayt|  📱 Telegram| 📱 YouTube  
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
❤4🤔2👍1
August 31, 2026 1.2K 4