Janubiy Koreya sari yana bir muhim qadam: 1 454 nafar nomzod Skill… — Migratsiya Samarqand — TG.ME

Forwarded fromXOXORIJDA ISH
🇰🇷 Janubiy Koreya sari yana bir muhim qadam: 1 454 nafar nomzod Skill testdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Janubiy Koreyada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish-1 sohalarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun joriy yil 28–31-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill test) o‘tkazilgan edi.

Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD Korea) ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi bosqich — yozma imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan 1 878 nafar nomzod Skill testga jalb etildi.
Ulardan 1 698 nafari imtihonda qatnashib, 1 454 nafari muvaffaqiyatli natija qayd etdi.

👏 Barcha muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni tabriklaymiz!

Shundan:

🔹 Ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha 1 653 nafar nomzoddan 1 506 nafari (91,1%) imtihonda qatnashgan va ularning 1 346 nafari (89,4%) muvaffaqiyatli o‘tgan.

🔹 Xizmat ko‘rsatish-1 sohasi bo‘yicha 225 nafar nomzoddan 192 nafari (85,3%) imtihonda qatnashgan va ularning 108 nafari (56,3%) muvaffaqiyatli o‘tgan.

🔐 Nomzodlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida natijalar F.I.Sh. bo‘yicha emas, EPS-TOPIK Reg. No. / Skill Test Reg. No. orqali taqdim etiladi.

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish raqamingiz bo‘yicha natijangizni tekshirishingiz mumkin:

👉 Xizmat ko’rsatish -1 yo’nalishi

👉Ishlab chiqarish yo’nalishi

📄 Skill testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlardan anketa ma’lumotlarini joriy yil 21-avgustdan 8-sentyabrga qadar o’zingizga yaqin bo’lgan hududidagi Migratsiya agentligining hududiy filialiga taqdim etish so‘raladi.

👉 Anketani yuklab olish

👉 Hududiy filiallar manzillari

Keyingi bosqich qanday?

1. Anketa ma’lumotlari topshirilgach, 9-14 sentyabrga qadar nomzodlar belgilangan tartibda Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi.

2. Koreya tomoni tasdiqlagandan so’ng (2 oy) ularning nomzodi 2 yil davomida o’tkaziladigan tanlovlarda koreyalik ish beruvchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

❗️Eslatma: Skill testdan muvaffaqiyatli o‘tish Janubiy Koreyada ishga joylashishni kafolatlamaydi. Nomzodlarni ishga tanlash EPS tizimida belgilangan tartib va Koreya Respublikasi ish beruvchilarining tanlovi asosida amalga oshiriladi.


☎️ Murojaat uchun:
71 202-33-55 (ichki raqamlar: 106, 107, 108),
71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Yaqinlaringizga ulashing!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib boring!
👍4👏3😁1
August 21, 2026 2.5K 3