IOI uslubidagi subtask (qisman ball) rejimi! Samcoding platformasida… — Sam Coding | channel — TG.ME

📌 IOI uslubidagi subtask (qisman ball) rejimi!

Samcoding platformasida yana bir muhim yangilik — endi masalalarni an'anaviy ACM/ICPC uslubidan tashqari, IOI uslubidagi subtask (qisman ball) rejimida ham yaratish va yechish mumkin!

Subtask rejimi nima beradi?
1. Ishtirokchi masalani to'liq (100%) yecha olmasa ham, kichik cheklovlar uchun to'g'ri yechim (masalan, brute-force) yozib, ma'lum bir ballarni yig'ib borishi mumkin.
2. Har bir masala alohida subtasklarga bo'linadi. Judge tizimi testlarni subtasklar bo'yicha ketma-ket tekshiradi va natijani jonli ravishda ko'rsatib boradi.
3. Ayrim subtasklar faqat oldingilari muvaffaqiyatli o'tgandagina tekshiriladigan qilib sozlanishi mumkin.

Subtask masalalaridan iborat musobaqa!
Ushbu yangi imkoniyatni amalda sinab ko'rish uchun maxsus subtask formatidagi masalalardan tashkil topgan Musobaqa - Subtask musobaqani e'lon qilamiz!

#contest #subtask
t.me/samcoding/59Translating to English…
👍1
September 5, 2026 49 1 1