SamCoding.uz platformasida yangilik! Hurmatli foydalanuvchilar!… — Sam Coding | channel — TG.ME

📣 SamCoding.uz platformasida yangilik!

Hurmatli foydalanuvchilar!
Endilikda SamCoding.uz platformasida virtual ishtirok etish imkoniyati joriy etildi.
Musobaqa jarayonida turli sabablarga ko'ra ishtirok eta olmagan foydalanuvchilar endi musobaqa yakunlangandan so'ng ham uni virtual tarzda, xuddi jonli o'tayotgandek rejimda yechishlari mumkun bo'ladi. Vaqt hisoblagichi, masalalarni ochilish tartibi va umumiy formatning barchasi asl musobaqadagidek saqlanadi.
Bu imkoniyat quyidagilar uchun foydali:
▪️ Musobaqa vaqtida band bo'lgan yoki qatnasha olmagan ishtirokchilar uchun
▪️ O'tgan musobaqalarni real vaqt tajribasida qayta yechib ko'rmoqchi bo'lganlar uchun
▪️ Mashq qilish va o'z bilimini sinash uchun
Platformamiz imkoniyatlarini kengaytirishda davom etamiz. Fikr va takliflaringizni kutib qolamiz!
t.me/samcoding/53Translating to English…
🔥3
August 27, 2026 101 1