SPORT VA TA’LIM — YANGI MARRALAR SARI!
🥊 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida 2026/2027-o‘quv yiliga start berildi. “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbirida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda qarshi oldilar.
Tadbir davomida yangi o‘quv yiliga qadam qo‘ygan o‘quvchilar tantanali kutib olindi. Yosh sportchilar uchun yangi o‘quv yili — ta’lim bilan bir qatorda sport mahoratini oshirish, intizom va matonatni mustahkamlash, yangi marralar sari intilish uchun navbatdagi muhim bosqichdir.
Bizni kuzating