🔹 Samarqand shahridagi Prezident maktabida 2026-2027oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiri “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yuqori saviyada oʻtkazildi.
🔸 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yangi o‘quv yili munosabati bilan maktab o‘quvchilari, ustoz va murabbiylarga yo‘llangan bayram tabrigi tanishtirildi.
Maktab rahbariyati tomonidan oʻtgan oʻquv yilida bir qancha yutuqlarga erishgan, xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalarida munosib oʻrin olgan oʻquvchilar taqdirlandi.
Yangi qabul qilingan o‘quvchilar yuqori kayfiyatda Vatanni madh etuvchi she'r va qo‘shiqlarni kuylashdi. Ularning porlab turgan ko‘zlarida bir olam g‘ayrat, shijoat Vatanimiz kelajagi uchun kamarbasta komil inson bo‘lib o‘z oldilariga maqsad qo‘yganliklari yaqqol o‘z ifodasini beradi.
🌐 Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM
7
6
5September 2, 2026 627 12





