Bugun, 25-iyun kuni abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
Shuning uchun, barcha abituriyentlarimizdan hujjat topshirganligiga, tanlagan fanlariga, 206.000 so‘mlik to‘lovi bor abituriyentlar to‘lovni amalga oshirganligiga yana bir bor e’tiborli bo‘lib, tekshirib chiqishlarini so‘raymiz.
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqoʻllanma bilan yuqorida tanishib chiqishingiz mumkin.