Kimdir kimgadir yoqish uchun yashaydi, o’zini o’zgartiradi, qiziqishlarini yashiradi, bunday odam yashaydi ammo lahzalarini xotirjamsizlikda o’tkazadi.
Hech kimga yoqishga harakat qilmaydigan, kimnidir ko’nglini qozonish uchun yashamaydigan inson esa hayotining eng kichik lahzasidan ham zavq oladi, chunki u erkin!
Kimgadir yoqishga harakat qiladigan odamni esa tutqun deb bilaman.
Har kimni o’z insoni bo’ladi, o’zini erkin his qila oladigan, mabodo bo’lmasa, sabr qilish kerak (axir yakun yaqin), ammo o’zi bo’lib yashash zavqini yo’qotib qo’ymasligi kerak!
Masalan, shu kanalni olaylik, men unga o’zim istagan emas, balki odam ko’paytirish uchun, obunachilarni kuzatib, ularga yoqadigan ammo o’zim istamagan postlarni taqdim qilsam, sizlar fitfilyonta bo’lsangiz-da, men bu sahifani yuritishdan zavq olmayman, lekin o’zim istagan postni joylasam, ba’zi hislarimni o’z sahifamda ifodalasam, garchi obunachim bir dona bo’lgan taqdirda ham men o’zimni baxtli his etaman… )
Xullas-da, aytmoqchi bo’lgan gapim o’zligingizni yo’qotmang, ichingizda yosh bola yashasa, unga imkon bering, uni xursand qiling 🙃
Kim uchundir o’zgarish deganda albatta yomon tomondan yaxshi tomonga o’zgarish kabilarni nazarda tutmadim, men mut-mutlaqo boshqa nozik hislar haqida aytmoqchi bo’ldim.
(“mut-mutlaqo” so’zini o’zim uchun kashf qildim 😜)
Yana bitta masalan dey, qachondan buyon aytaman deyman “asqatish, asqatmoq” degan so’z garchi boshqalar tarafidan to’g’ri ko’rilsa-da, menga hech yoqmaydi, u so’zni o’shandek qo’llasam yuragim g’ash bo’ladi, uni qayta-qayta talaffuz qilsam, qandaydir g’alati eshitiladi-da, shuning uchun u so’z men uchun “asqotish” deyilsa, to’g’ri bo’ladi, ajoyib-a?!
Meni birov qamamas axir Asqotish deb qo’llasam 😅
Shu “masalan”ni 3 ta qilib qo’yay, shu raqamni yaxshi ko’raman )
Yana bir masala, men ko’chada mushuk ko’rib qolsam, albatta, uni quchoqlashga, erkalashga harakat qilaman, ko’pchilikka esa bu odatim yoqmaydi “Tozami, toza emasmi bilmaysan, duch kelgan mushukni ushlayvermasang-chi” deyishadi ular.
Bu kimdir uchun shunchaki nimadir bo’lib ko’rinar, ammo men uchun u jarayon ham katta bir quvonch manbayi.
Shuning uchun hatto eng obro’li inson bilan ketayotgan bo’lsam ham u insonga toza bo’lib ko’ringandan ko’ra, toza bo’lmasa ham biror mushukni bir marta silab qo’yganim muhimroq 🙂 va shu ko’proq xursand qiladi meni!
Ana shunday gaplar, o’zgacha, o’zligini saqlab qolgan insonlarni hurmat qilaman, yaxshi ko’raman shuning uchun ham…
Mana masalan (bu 4-“masalan”im 😅) shu hislarimni so’zlarga ko’chirib ham bir talay sevinch his qildim )
@sadece_biryolcu