24ta_muhim_masala #Deputat_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#24ta_muhim_masala
#Deputat_faoliyati
#Kotibiyat_hududlarda
#Ijtimoiy_soha

🔷 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONNING HOLATI O‘RGANILDI

⛳️ Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi 23- Pandigon saylov okrugi deputati Axmedov Zokirjonning saylov okrugi hududida Kengash kotibiyati mudiri A. Sobirov kotibiyat bosh mutaxassisi S.Boboevlar, "Chuburg'on" MFY hokim yordamchisi I.Sotiboldiev va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahalladagi ijtimoiy xodimi F. Ibroximovlar bilan birgalikda mahalladagi ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalar xonadoniga kirib, oilaning ijtimoiy holatlari o‘rganildi.

🏡 O‘tkazilgan o‘rganish davomida "Chuburg'on" MFY yashovchi I.Mustafoqulovning yashash sharoiti, oilaviy holati, bandligi hamda mavjud daromad manbalari bilan yaqindan tanishildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Suhbat davomida I.Mustafoqulovning 2 nafar farzandi borligi, turmush o'rtog'i bola parvarishi bilan bandligi va oilaning daromad manbalari muhokama qilindi.

💼 Oila daromadini oshirish va bandligini ta’minlash maqsadida I.Mustafoqulovga honadonida mavjud tomorqadan samarali foydalanish va chorvachilik bilan shug'ullanib qo'shimcha daromad topishi masalasi yuzasidan taklif va ko'rsatmalar berildi.

📌 Shuningdek, mahalla ettiligi vakillariga mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda oilaning ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 O‘rganish yakunida oilani qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbasiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish bo‘yicha masalalarni manzilli hal etish zarurligi ta’kidlandi.

🌱 Asosiy e’tibor — oilaning bandligini ta’minlash, daromadini oshirish va ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratildi.

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

⌛️ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️

📱Telegram| 📱facebook |📱Instagram|📱Youtube
❤1
October 9, 2026 303 2