okrugda_organish #Kengash_raisi #Kotibiyat_mudiri 🔷 28-SONLI… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#okrugda_organish
#Kengash_raisi
#Kotibiyat_mudiri

🔷 28-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Zokirjon Zohidov, Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi raisi X. Xojixonov, Kengash kotibiyati mudiri A. Sobirov hamda hudud deputati D. Xamrayev ishtirokida Rishton tumanidagi 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning bugungi faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

🏫 Mazkur muasassa yangidan, zamonaviy loyiha asosida qurilgan bo‘lib, bu yerda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilgan. O‘rganish davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, mavjud imkoniyatlari hamda faoliyat samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, mavjud masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 Shuningdek, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni doimiy ravishda yaxshilab borish hamda mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Farzandlar uchun yaratilayotgan har bir sharoit — kelajak uchun qo‘yilayotgan mustahkam qadamdir

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

⌛️ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️

📱Telegram| 📱facebook |📱Instagram|📱Youtube
October 3, 2026 315 3