Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Dual ta’lim shaklida kadrlar… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashda korxonalarning faol ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi

 
📅 2027-yil 1-yanvardan korxonalarga quyidagi yo‘nalishlarda dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan har bir talaba uchun to‘langan ish haqi xarajatlarining 50 foizi o‘quv yili yakunida subsidiya shaklida qoplanadi:
🔹muhandislik ishi;
🔹ishlab chiqarish va ishlov berish;
🔹arxitektura va qurilish;
🔹qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari.


🏆 Korxonalarga dual ta’lim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” platformasida qo‘shimcha ballar beriladi.

💰 Korxonalar tomonidan OTM hududida dual ta’lim shakli uchun amaliyot bazasini tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan jihozlar, uskunalar, laboratoriya jihozlari uchun bojxona boji stavkasi 2030-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi.
 
📊 Dual ta’lim dasturi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun korxonalar tomonidan xarid qilingan o‘quv uskunalari va jihozlarga nisbatan 3 yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llash huquqi beriladi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
October 2, 2026 420