USTOZ MEHNATI — E’TIROF VA EHTIROMGA MUNOSIB! Rishton tuman… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

🏅 USTOZ MEHNATI — E’TIROF VA EHTIROMGA MUNOSIB!

Rishton tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi Sulaymonov Dilshodjon Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim sohasidagi samarali mehnati, fidoyiligi hamda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 🏅

Ushbu e’tirof — ustozning ko‘p yillik zahmati, o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati va shogirdlari kelajagi yo‘lidagi fidokorona mehnatining munosib natijasidir.

Hurmatli Dilshodjon Sulaymonov! Sizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusida ham kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va ilm yo‘lida munosib shogirdlar kamolini ko‘rishingizni tilaymiz.

📲 @RishtontumanIM
👍2
October 1, 2026 1K 13