Ustoz_va_murabbiylar_kuni 📚 Ustoz va murabbiylar — ezgulik va… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#Ustoz_va_murabbiylar_kuni

📚 Ustoz va murabbiylar — ezgulik va ma’rifat yo‘lboshchilari!

Rishton tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ustoz va murabbiylarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, ularning fidokorona mehnati hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, barcha ustoz va murabbiylarga samimiy tilaklar bildirildi.

🌷 Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz!
❤1👍1
September 30, 2026 354