Farg‘onada “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasida tadbirlar o‘tkazildi… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Farg‘onada “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasida tadbirlar o‘tkazildi

Poytaxtimizda boshlangan “ICT Week Uzbekistan 2026” xalqaro haftaligi doirasidagi tadbirlar Farg‘ona viloyatida ham davom etdi.

40 nafarga yaqin xalqaro IT kompaniyalari, venchur fondlar, BPO markazlari va sun’iy intellekt loyihalari vakillari Farg‘onada bo‘lib, hududda axborot texnologiyalari sohasida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Mehmonlarga dastlab Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida barpo etilgan Fergana Digital Hub majmuasida IT kompaniyalar, startaplar va frilanser yoshlar faoliyati haqida ma'lumot berildi.

Apple kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan iOS Development Center, dasturiy mahsulotlar eksport qiluvchi Silk Road Professionals hamda BPO xizmatlarini ko‘rsatuvchi Sapphir Group faoliyati ham mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Tadbir ishtirokchilari Farg‘ona shahridagi IT Park Farg‘ona filiali, Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazi hamda “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida ham bo‘ldilar.

Bunday xalqaro tadbirlar mahalliy startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda xorijiy kompaniyalar uchun viloyatning investitsion imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤1
September 25, 2026 430