Farg‘onada kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga qizg‘in… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Farg‘onada kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Joriy yilning 15–19-sentabr kunlari Farg‘ona shahri kamondan otish bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.

Nufuzli musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan 300 nafardan ziyod mahoratli sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib boradi.

Bugun musobaqani tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, mas’ul boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda chempionatni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish, sport inshootlarini musobaqaga puxta tayyorlash, ishtirokchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
September 8, 2026 439