Bog‘istonda 52-maktabdagi sharoitlar o‘rganildi 🏫 📍 Bugun tuman… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

#️⃣ Bog‘istonda 52-maktabdagi sharoitlar o‘rganildi 🏫

📍 Bugun tuman hokimi Bahodirjon Xoliqovning Bog‘iston mahallasidagi tashrifi davomida 52-sonli umumta’lim maktabidagi ishlar ham o‘rganildi.

📚 Tashrif davomida maktabdagi o‘quv jarayonlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

👨‍🎓 Shuningdek, tuman hokimi o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari, qiziqishlari va oliy ta’limga bo‘lgan intilishlari bilan qiziqdi.

💬 Yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim olishi va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishi muhimligi ta’kidlandi.

🌟 Bugungi o‘quvchi — ertangi yurt bunyodkori. Yoshlarning orzulari qancha katta bo‘lsa, kelajagimiz ham shunchalik porloq bo‘ladi! 🇺🇿📖
September 8, 2026 562 7