Daladagi jarayonlar o‘rganildi
Bugun Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov fermer xo‘jaliklari dalalarida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🚜 Tashrif davomida dalalardagi mavjud holat, ekinlarni parvarishlash jarayonlari hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Tuman hokimi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.
Suhbat davomida fermerlarni qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar, paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
📌 Asosiy maqsad — daladagi real holatni o‘rganish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va mo‘l hosil uchun zarur sharoitlarni yaratish.
🌱 Yerga mehr, mehnatga e’tibor — mo‘l hosil garovidir!
1
1September 2, 2026 589 1






