Aziz o‘quvchilar, qadrli ustoz va murabbiylar, hurmatli ota-onalar!… — RISHTON TUMANI HOKIMLIGI — TG.ME

Aziz o‘quvchilar, qadrli ustoz va murabbiylar, hurmatli ota-onalar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda Bilimlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

🔔 Ayniqsa, “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 4 500 ga yaqin o‘g‘il-qizlarimizni alohida qutlayman!

📚 Aziz o‘quvchilar!
Maktab — bilim, orzu va katta imkoniyatlar maskani. Har bir darsni qadrlang, kitobni do‘stingiz biling, ustozlaringizning nasihatlarini e’zozlang. Bugungi bilimingiz — ertangi kelajagingizning mustahkam poydevoridir.

👩‍🏫 Qadrli ustozlar!
Sizlarga sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, ijodiy parvoz va ulkan zafarlar tilayman.

🎉 Yangi o‘quv yili barchangizga omad va muvaffaqiyat olib kelsin!

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, kelajagimiz porloq bo‘lsin!

Bahodirjon Xoliqov
Rishton tumani hokimi
🔥2
September 1, 2026 675 5