YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI: SOGʻLOM KELAJAK TARAFDORIMIZ!… — АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети — TG.ME

YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI: SOGʻLOM KELAJAK TARAFDORIMIZ! 😲​Roman-german va slavyan tillari fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni asr vabosi bo‘lmish zararli illatlardan asrash va ogohlikni oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. ​Fakultet tyutori O. Azimova rahbarligida Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili yo‘nalishi 25-01 guruh talabalari tomonidan bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biriga bag‘ishlangan maxsus targ‘ibot videoroligi tayyorlandi. ​🎬 Videorolik nomi: «Yoshlar giyohvandlikka qarshi!» ​Ushbu ijodiy ish orqali talabalarimiz giyohvandlikning inson sog‘lig‘i, oilaviy baxt va jamiyat kelajagiga tigadigan ayanchli oqibatlarini ta’sirli kadrlar yordamida ochib berishgan. Videorolikning asosiy g‘oyasi — yoshlarni o‘z hayotiga mas’uliyat bilan yondashishga, porloq kelajakni tanlashga va har qanday zararli odatlarga qarshi qat’iy turishga chorlashdir. ​Biz sog‘lom va barkamol avlod tarafdorimiz!

July 20, 2026 606 4