O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan): post #7932 — TG.ME

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Milliy sertifikatlash tizimi takomillashtirildi

 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilinib, milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi. Qaror o‘qituvchilarning bilim darajasi, pedagogik mahorati va kasbiy kompetensiyalarini xalqaro talablar asosida xolis baholash, yuqori natija ko‘rsatgan pedagoglarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
 
Qarorga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:
 
- boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlari joriy etiladi;
 
- huquqshunoslik fani bo‘yicha milliy sertifikat tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
 
- xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dariy, pushtu, urdu, hindiy va uyg‘ur tillari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari ko‘p darajali (Multi-level) asosida tashkil etiladi.
 
Xalqaro mezonlar asosida baholash

 
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari malaka imtihoni natijalari xalqaro Rasch modeli asosida baholanadi va ularga quyidagi darajadagi elektron milliy sertifikat beriladi:
 
- 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
- 65 – 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
- 60 – 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
- 55 – 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
- 50 – 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
- 46 – 49,9 ball olgan talabgorga C darajali.
 
Bilim va mahoratga munosib e’tirof

 
Qarorning eng muhim jihatlaridan biri – yuqori natija ko‘rsatgan pedagoglarning mehnatini munosib rag‘batlantirishdir.
 
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars berayotgan o‘qituvchilarga sertifikat amal qilgan muddat davomida lavozim maoshiga har oy 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu esa bilim va mahorati bilan ajralib turadigan pedagoglarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yana bir amaliy ifodasidir.
 
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❤74👍13❤‍🔥5🥰4
August 26, 2026 11K 245