O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan): post #7928 — TG.ME

⚡️Milliy sertifikat 2-qism kitobimizning tahrirlangan va to'ldirilgan nashri sotuvga chiqarildi.

⚙️Ushbu kitobimizda quyidagi ishlar qilindi:

✅Avvalgi kitobdagi barcha xatoliklar, texnik kamchiliklar bartaraf etildi;

✅Kalitlardagi xatoliklar to'liq tuzatildi, hozirda 100 foiz aniqlikda tekshirish mumkin;

✅Imtihonning yangi savollari qo'shildi, ya'ni avvalgi nashr kitobning 20 foizicha qismi yangi savollar bilan boyitildi. Oxirgi imtihonda qanday savollar tushgan bo'lsa, shunday ko'rinishdagi savollar bilan kengaytirildi;

✅Kelgusidagi imtihonlarda kuzatilishi mumkin bo'lgan savollardagi o'zgarishlar inobatga olindi hamda shunaqa savollar bilan boyitildi. Siz kitobni ishlash orqali har qanday jarayonga tayyor bo'lasiz.

✅ Mazkur kitobimiz hozirda eng so'nggi taqdim etilgan kitob sifatida jamoatchilikka e'lon qilinmoqda. Xarid qiling va imtihonga sifatli tayyorlaning.

❓Bu kitobni avvalgi kitobdan qanday farqlaymiz?

📖 Kitobning dastlabki sahifasini ochsangiz, unda "tahrirlangan va to'ldirilgan" degan yozuv bor (rasmda tasvirlangan). Shu yozuvning mavjudligi uning eng so'nggi chiqqan kitob ekanini anglatadi.

🕤 Bu kitob asosida yaqin kunlarda kanalimizda jonli tahlilni boshlaymiz. Talabgorlar nafaqat test ishlashadi, balki tahlilini ham eshitib, Rash modeli asosida qaysi darajada ekanini bilib olishlari ham mumkin bo'ladi.

💬@Renessansstudy
👍59❤35🔥6💘3😢2⚡1❤‍🔥1
August 26, 2026 12.6K 36 188