Tanbeh 📜 Alloh zolimni hisobga tutganida, faqat uning o‘zinigina hisobga olmaydi, balki uni qo‘llab-quvvatlagan, kuch-quvvat bergan, reja va tadbir tuzgan, rag‘batlantirgan hamda qarsak chalganlarni ham hisob-kitob qiladi. Shunday ekan, o‘zingni omonlikda deb o‘ylama! Zolim tomonida turish va unga zulm, nohaqlik qilishda yordam berish oddiy, arzimas narsa emas. Har bir inson qilgan ishlari uchun javobgardir. O‘zingni jabr-u zulmdan yiroqman deb hisoblasang-da, biror kimsaga zulm qilinishida yordamchi bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘l! ◽️ «Bas, o‘sha Kunda zulm qilganlarga ma’ziratlari manfaat bermas hamda ulardan rozi qilishlari ham talab qilinmas», Rum surasi, 57-oyat.
September 29, 2026 140 2