Reading challenge demo: post #59 — TG.ME

"Ey Yaratgan Zot, o‘quvchilarimni O‘zing panohingda asragin. Ularning qilgan mehnatlariga baraka berib, imtihonda barcha savollarga tiniq ong va aniqlik bilan javob topishlarini oson qilgin. Ularni chalg‘ish va shoshilishdan saqlab, to‘g‘ri yo‘lda sobit qadam qil. Har bir urinishlari uchun ularga muvaffaqiyat ato etgin va kelajagida ulkan imkoniyatlar eshigini ochib ber. Men ularni qo‘llab-quvvatlayman va ular uchun O‘zingdan yaxshi natijalar so‘rayman. Omin."
December 25, 2024 754 2