❌B1'da qotib qoldingizmi?
⏺Kitobni tugatgansiz. Grammatikani bilasiz. So'zlar ham yetarli. Lekin kimdir arabcha savol bersa, miyangizda o'zbekcha javob tuziladi, keyin uni tarjima qilishga urinasiz. Natijada pauza, "ee...", va gap chala qoladi.
⏺Insho yozishga o'tirsangiz ham shunday: 3–4 ta oddiy gap yozasiz, keyin nima yozishni bilmaysiz.
⏺Bu dangasalik ham emas, qobiliyatsizlik ham emas. Bu — B1 devori. Bilim bor, lekin u faol emas. O'qib tushunasiz, lekin o'zingiz ishlatolmaysiz.
Men ko'p yillardan beri talabalarni aynan shu devordan o'tkazib kelyapman. Bu hafta kanalda devordan qanday o'tish haqida batafsil gaplashamiz.
Sizda ham shunday bo'lganmi? Izohda "ha" deb yozing yoki pastdagi so'rovnomaga ovoz bering.
October 15, 2026 25