Taroveh: • O‘tmishda qilgan gunohlaring haqida tafakkur qilib… — qulillah — TG.ME

Forwarded fromQUqulillah
Taroveh:

• O‘tmishda qilgan gunohlaring haqida tafakkur qilib, yuraging siqilib, nafas ololmay qolishing uchun qulay imkoniyat.

• "Munafiqun, faasiqun, kaafirun, Qiyamah, azaabu Jahannam" degan so‘zlarni qayta-qayta eshitib, oyatni, azobni his qilishing uchun bir oylik qiroat.

• Shu holatingni ham, gunoh ustidagi holatingni ham Robbing ko‘rib turgani haqida o‘ylab, qilgan o‘sha hayosizliklaringdan hayo qilishing uchun hayolilardan iborat jamoat.

• O‘sha gunohlaring ustida joningni olib, ikki dunyo sharmanda qilishga qurbi yetgan, lekin qilmagan Robbingga ich-ichingdan hamd-u sanolar aytishing uchun ajiyb fursat.

• U gunohlarni qayta qilmaslikka avvalo Allohga, so‘ng o‘zingga va’da bermoqlik uchun haqiqiy maskan. Nega haqiqiy?! Sababi, Allohning uyida bergan va’dangga yengil qaramassan-a?

Ramazon, 1443 📌

@qulillah🕯
❤22😢8💔5
April 3, 2024 3.7K 7