Xivada bilim va zakovat bahsi! “O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalari… — Пресс-секретарь Бухарского НПЗ — TG.ME

Xivada bilim va zakovat bahsi!


“O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Intellektual olimpiadaning navbatdagi bosqichi “Erudit-kvartet” o‘yini qadim va betakror Xiva shahrida bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz bahslarda 17 ta jamoa bilim va zukkolik borasida o‘zaro kuch sinashdi.

Guruh bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, finalgacha yetib kelgan zavodimiz terma jamoasi esa yakuniy bahsda faxrli 3-o‘rinni egalladi!

O‘yin davomida shiddat, zavq, bilim va kuch bir nuqtada jam bo‘ldi. Aytish mumkinki, final sari yo‘l oson kechmadi! Har bir savol, har bir javob jamoalardan teran bilim, tezkor fikrlash va jipslikni talab qildi.

Zavodimiz terma jamoasini munosib natija bilan tabriklaymiz!
👍2
August 23, 2026 2.5K 15