Bobom (otamning otalari) tug'ilishimdan oldin olamdan o'tib ketgan… — PRouD 🔝LearningHub — TG.ME

Mr.IslamPhoto
Bobom (otamning otalari) tug'ilishimdan oldin olamdan o'tib ketgan ekanlar. Aytishlaricha bobom maktabda ustoz bo'lib ishlagan va har kuni maktabdan keyin boshqa ustozlar bilan birgalikda mahalladagi ishlarga (BEPUL) yordam berib, mahalla rivojiga faol tarzda beminnat hissa qo'shishgan ekan💯💯💯

Bu postim hozirda ustozlik qilayotgan, lekin ishga hohlamasdan kelib, faqat oylik uchun bu kasbni tanlagan, ishdan so'ng jamiyat rivoji uchun nimadir qilish o'rniga, FAST FOOD ga borib kechgacha telefonida o'yin o'ynab o'tiradigan ayrim (hammasi emas Alhamdulillah) "USTOZLAR" uchun "MESSAGE"☝️☝️☝️

O'tmishda o'tgan barcha ustozlarimizning shiorlari bitta bo'lgan:

Ustozlik — biznes yoki kasb emas, jamiyat kelajagini tarbiyalashdek ulkan ijtimoiy mas'uliyatdir

Hurmatli hamkasblar! Bizdan oldingi ustozlarimiz jamiyat oldidagi burchlarini bajarib ketishdi. Keling biz ham shu yo'ldan borib, shunday ulug' kasbni moddiylikka almashtirmaylik🧨💯📕

Niyatimizni har kuni to'g'rilab, jamiyat oldidagi mas'uliyatimizni bajarib, har bir amalimizni AJR ga aylantiraylik🤲🤲🤲
👍9🔥3❤2👏1💯1
August 4, 2026 650 4