Joriy yilning 14ā21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochxan, Boryon, Seul, Chondju, Andon va Sunchxon shaharlarida āOāzbekiston madaniyati kunlariā tadbirlari boālib oātadi.
āOāzbekiston madaniyati kunlariā tadbirlarida Oāzbekistonning taniqli sanāatkorlari Koreya Respublikasining sahnalarida oāzbek madaniyati va sanāatini namoyish etishadi.
Madaniy dasturlarda Oāzbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayxo Boyxonova, Kamoliddin Oārinboyev, Ilyos Arabov va Aygul Nodirova, Oāzbekistonda xizmat koārsatgan artistlar Ozoda Nursaidova, Munisa Rizayeva, shuningdek, taniqli xonandalar Hulkar Abdullayeva, Jasmin va Ulugābek Yoālchiyev ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, tadbirlarda Oāzbekiston davlat simfonik orkestri, āNavbahorā raqs ansambli, maqom va opera sanāati xonandalari, milliy hunarmandchilik va koārgazma ustalari hamda OAV vakillari ishtirok etadi.
āOāzbekiston madaniyati kunlariā doirasida oāzbek simfonik musiqasi, milliy raqs, maqom va opera sanāati, zamonaviy estrada, milliy liboslar va hunarmandchilik namunalari Koreya jamoatchiligiga taqdim etiladi.
Mazkur tadbirlar Oāzbekiston va Koreya Respublikalari oārtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, ijodiy aloqalarni mustahkamlash, milliy sanāatimizni xalqaro maydonda keng targāib qilish hamda ikki xalq oārtasidagi doāstlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.