Bugun biz erkin yurtda yashayotgan ekanmiz, bu ne’mat ortida qancha orzu, kurash va fidoyilik borligini unutmasligimiz kerak.
Men uchun Mustaqillik — nafaqat faxr, balki mas’uliyat ham. Vatanga sidqidildan xizmat qilish, o‘z kasbimizni halol bajarish va kelajak avlodga munosib yurt qoldirish mas’uliyati.
Jadidlar orzu qilgan ozod Vatan bugun bizning qo‘limizda. Uni asrash va yanada obod qilish esa barchamizning vazifamiz.


