Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal: post #21860 — TG.ME

#sorovnoma

Natija ko‘rsatgan o‘quvchilar nimadan motivatsiya olgan?

Biz ba’zan o‘quvchilarni ruhlantiradigan omillarni o‘zimizcha topishga harakat qilamiz. Ammo bizning taxminimiz oddiy farazdan nariga o‘tmasligi mumkin. Shu sababli @PMTESTS jamoasi Prezident va Al-Xorazmiy maktablariga kirgan 200 ga yaqin o‘quvchi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Natijalar esa juda qiziq:

Ba’zi o‘quvchilar kelajakdagi hayotini o‘ylab o‘qishadi. Ular boy va farovon hayotga erishishni, qiyinchiliklarda qolib ketmaslikni maqsad qilishgan. Ayrimlari uchun o‘qimaslik — kelajakni barbod qilish bilan teng.

Ba’zi o‘quvchilar esa ustozlari va ota-onasining yuzini yorug‘ qilish uchun harakat qilishadi. Guruhidan yaxshi natija chiqishi, ustozining ishonchini oqlash ular uchun juda muhim. Ular jamoaviylik va guruhining obro‘sidan kuch olishadi.

Yana bir guruh o‘quvchilar dunyoning eng nufuzli universitetlarida, masalan, HARVARDda o‘qishni maqsad qilgan. Ular testda kam natija ko‘rsatganida tushkunlikka tushishmaydi. Aksincha, bilmagan savollarini o‘rganish va xatolarini tuzatish ularga yanada ko‘proq motivatsiya beradi. Ularning maqsadi — hammasini bilish emas, bilmaganini o‘rganishda davom etish.

Eng qizig‘i, natijaga erishgan o‘quvchilar ko‘p takrorlaydigan gaplar ham bor:
«Hali hammasi oldinda.» «Keyingi safar ko‘p topasan.» «Charchoqni esdan chiqar.»

Umumiy xulosa shuki, natijaga erishgan o‘quvchilarning barchasiga ustoz va ota-onalari ishonch bergan. Ba’zan biz uchun oddiy tuyuladigan:
«Sen uddalaysan!»
degan birgina jumla o‘quvchiga katta kuch beradi.

Shuning uchun farzandingizdan natija kutishdan oldin, unga ishonishingizni ko‘rsating. Balki aynan shu ishonch uning navbatdagi katta natijasiga sabab bo‘lar.

👉👉 t.me/pmtests
👍17🔥7😢3
August 28, 2026 6.5K 4 29