#tavsiyalar
Ko‘chirmachilik...
Bugungi ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt tobora kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ulardan to‘g‘ri foydalanish o‘quvchiga katta imkoniyatlar bersa, noto‘g‘ri foydalanish ta’lim sifatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, o‘quvchining haqiqiy bilim darajasini aniqlash ustozlar uchun tobora qiyinlashmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri — ayrim ota-onalarning farzandini boricha qabul qila olmasligidir. Farzanddan haddan tashqari yuqori natija talab qilish, uni boshqalar bilan taqqoslash o‘quvchini ko‘chirmachilikka, natijasini sun’iy ravishda oshirishga undashi mumkin.
Hurmatli ota-onalar, farzandingizni uning bugungi bilim darajasi qanday bo‘lsa, shunday qabul qiling. Uning natijasini sun’iy ravishda yuqori ko‘rsatishga emas, bilimini bosqichma-bosqich oshirishiga yordam bering. Eng muhimi — sabrli bo‘ling.
Ayniqsa, hozirgina tayyorgarlikni boshlagan o‘quvchilarga aytadigan eng muhim gapimiz: hech qachon ko‘chirmang!
Bugun yuqori natija ko‘rsatgandek bo‘lishingiz mumkin, ammo haqiqiy imtihonda sizning o‘rningizga hech kim ko‘chirib bermaydi. Imtihonda faqat o‘zingizning haqiqiy bilimingiz uchun ball olasiz.
Shuning uchun bugungi kichik natijadan ko‘ra, ertangi haqiqiy bilimni tanlang. Chunki ko‘chirmachilik bilan erishilgan natija vaqtinchalik, haqiqiy bilim esa umr bo‘yi siz bilan qoladi.
👉 👉 t.me/pmtests
20
4
1
1August 28, 2026 9K 2 43