Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida 17 yoshli Ra’noning savodi haqida shunday yozadi:
"Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy, Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar. Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayx Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir." (Bu rus bosqinchilari kelishidan oldingi qizlarimizning holati)
___________________
Rus bosqinchilari yurtimizga bostirib kelganida g‘o‘yoki bizning xalq savodsiz va madaniyatsiz-u, ular bizga o‘qish-yozish va madaniyatni o‘rgatgani kelgandek edi. Aslida xalqimiz ilmiy ma’rifiy sohada hamda madaniyat borasida ulardan anchagina ustun edi. 17 yoshli Ra’noning o‘qib bitirgan nodir va qimmatbaho kitoblarini ziyolilikni da’vo qiluvchi bosqinchilar tushunishga ham ojiz edilar. Bosqinchilar xalqimizning eng ilmli va ziyoli qatlamini yo‘q qildi. Ilmga qiziqishni yo‘qotib, bizni imkon qadar savodsiz qilishga urinishdi. Ammo bugungi kunda xalqimizda ilmga e’tibor yana kuchaymoqda. Biz yakin kelajakda ilmga chanqoq yoshlarimiz bilan ilmda boshqa millatlardan ustun ekanligimizni yana ko‘rsatib ko‘yamiz!
👉👉 t.me/pmtests
Telegram
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)

35
11August 28, 2026 8.4K 1 17